Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Moskvadagi bir qator yonilg‘i quyish shoxobchalarida yonilg‘i sotishga cheklovlar joriy etildi

Moskvadagi bir qator yonilg‘i quyish shoxobchalarida yonilg‘i sotishga cheklovlar joriy etildi


Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tatneft” AYOQShlarida bir mijozga 20 litrdan ko‘p bo‘lmagan AI-92 va AI-95 benzini, shuningdek, 40 litrgacha dizel yonilg‘isi berilmoqda. “Rosneft” yonilg‘i quyish shoxobchalarida limit bitta bak yoki kanistr uchun 90 litrgacha, “Lukoyl” AYOQShlarida esa bitta chek uchun 100 litrgachani tashkil etmoqda.

Bundan oldin cheklovlar ORTK tarmog‘ida ham amal qilgan bo‘lib, u yerda bir xaridorga benzin berish 60 litr, dizel yonilg‘isi esa 100 litr bilan cheklangan. Hozirgi vaqtda kompaniya ushbu choralar bekor qilinganini da’vo qilmoqda.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, so‘nggi haftalarda mamlakatning bir qator boshqa hududlarida ham yonilg‘i sotishga cheklovlar joriy etila boshlagan. Ushbu vaziyat fonida Kreml ayrim hududlarni benzin bilan ta’minlashda qiyinchiliklar mavjudligini tan olgan va rasmiylar vaziyatni barqarorlashtirish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan.

Cheklovlar Rossiyaning neftni qayta ishlash infratuzilmasiga Ukraina tomonidan qilingan dron hujumlaridan keyin yonilg‘i yetkazib berishdagi muammolar va neftni qayta ishlash hajmining kamayishi fonida joriy etilmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:55. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!