Moskvaning janubi-sharqida Qirg‘izistondan kelgan erkak besh yoshli qizchani qattiq kaltakladi. Bu haqda TASS huquqni muhofaza qilish organidagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.
Hodisa 29 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Erkak uzoq qarindoshiga tashrif buyurgan, u yerda qarindoshining qizini kaltaklab, og‘ir jarohat yetkazgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kvartirada qizni onasi kiyimsiz holda topgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Erkakka qarshi voyaga yetmaganlarga qasddan og‘ir shikast yetkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.