Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

A A A
Moskvada migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Moskva viloyatining Ramensk shahrida migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlar Ramensk shahrida migrantlar ommaviy mushtlashuv uyushtirgani haqida xabar bermoqda. Mazkur holat bo‘yicha Moskva viloyati Davlat tergov boshqarmasining tergov organlari tomonidan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», — deyiladi boshqarma xabarida.

Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinga tergovning borishi va jinoyatning aniqlangan holatlari to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi. Murojaatda mahalliy aholi bu borada huquq-tartibot idoralari va mahalliy davlat idoralariga bir necha bor murojaat qilgani, ammo haligacha muhojirlarga nisbatan chora ko‘rilmagani alohida ta’kidlangan.

Kiritildi: 00:45 02.09.2024. O'qildi: 3615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!