Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Moskvada fojia: ikki o‘zbek halok bo‘ldi, ikkitasi jarohatlangan

Moskvada fojia: ikki o‘zbek halok bo‘ldi, ikkitasi jarohatlangan

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 2019 yil 6 avgust kuni Moskva viloyatida yong‘in sodir bo‘lib, uning oqibatida O‘zbekiston fuqarolari B.A. va SH.B. vafot etgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Jarohat olgan hamyurtlarimiz K. Q. va U. A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, hozirda ular Sergiyevo-Posadskiy tumanidagi qarindoshlarinikida bo‘lib turibdi.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekistonning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborishga doir konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarini hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipesk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.

 

Kiritildi: 18:52 09.08.2019. O'qildi: 2295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!