Moskvaning janubi-g‘arbiy qismida avtomashina bilan sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng qotillikka urinish bo‘yicha ish ochildi. Ushbu hodisa natijasida uch kishi jarohat oldi.
Bu haqda Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, portlovchi qurilma mashina tagida ishga tushgan.
Jinoiy ish doirasida bir qator ekspertizalar, jumladan, portlovchi moddalar bo‘yicha ham ekspertiza tayinlanadi.