Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi.
TASS agentligining xabariga ko‘ra, tashrifdan maqsad Pxenyan qo‘shinlarining Ukrainadagi nizoda Moskvaga yordam berish uchun yuborilganiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishdir. Shuningdek, Shimoliy Koreyada Kursk viloyatining Ukraina kuchlaridan qaytarib olingani bir yil to‘lishi munosabati bilan maxsus marosim o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiya tomonida jang qilish uchun taxminan 14 000 askar yuborgan bo‘lib, ularning 6 000 dan ortig‘i halok bo‘lgani aytilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalar 2024 yil iyun oyida imzolangan o‘zaro mudofaa to‘g‘risidagi strategik shartnomadan so‘ng yanada tezlashgan. Pxenyanda Volodinni Kim Chen Inning yaqin maslahatchisi va Oliy xalq majlisi rahbari Cho Yon Von kutib olgan.