Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Moskva Rossiya va Ukraina energetika ob’ektlariga zarba berishni taqiqlovchi moratoriy amal qiladigan ob’ektlar ro‘yxatini e’lon qildi

Moskva Rossiya va Ukraina energetika ob’ektlariga zarba berishni taqiqlovchi moratoriy amal qiladigan ob’ektlar ro‘yxatini e’lon qildi

Kreml saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, ushbu ro‘yxat Rossiya tomonidan Qo‘shma Shtatlar bilan kelishilgan.

Unga quyidagilar kiritilgan:

— Neftni qayta ishlash zavodlari;

— Neft va gaz quvurlari hamda omborlari, shu jumladan nasos stansiyalari;

— Elektr stansiyalari, podstansiyalar, transformatorlar va taqsimlagichlar;

— Atom elektr stansiyalari;

— Gidroelektrostansiyalar to‘g‘onlari.

Kreml saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, energetika ob’ektlariga zarba berishni taqiqlovchi moratoriy 30 kun davom etadi va 18 martdan boshlab kuchga kirgan (shu kuni Putin va Tramp o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan, unda AQSh prezidenti bunday moratoriy taklifini ilgari surgan). Shuningdek, "o‘zaro kelishuv asosida" bu muddat uzaytirilishi mumkinligi qayd etilgan.

Kiritildi: 09:50 26.03.2025. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!