Rossiyaliklar Qrimni himoya qilish uchun boshqa yo‘nalishlardan havo hujumidan mudofaa tizimlarini olib ketmoqda.
Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz kuchlari vakili Dmitriy Pletenchuk ma’lum qildi, deya xabar beradi "Ozodlik radiosi."
Uning so‘zlariga ko‘ra, "orolda havo hujumidan mudofaa zichligi Rossiya Federasiyasining ko‘plab hududlariga qaraganda yuqori. Sanksiyalar va mikroelektronika yetishmasligi tufayli rossiyaliklarning yo‘qotishlarni to‘ldirish imkoniyatlari cheklangan."
Pletchenchukning aytishicha, ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning ko‘plab havo hujumidan mudofaa tizimlari va harbiy ob’ektlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan, shu bilan birga ular hali ham Qrimdan kamikadze dronlarini uchirishga qodir.
Ukraina razvedkasi rossiyaliklar Qrimda ko‘plab havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan, eng yangi S-500 majmualarini joylashtirayotgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Rossiya allaqachon ukrainaliklar tomonidan hujumga uchragan Qrim ko‘prigi kabi strategik muhim ob’ektlarni himoya qilmoqda.