Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Moskva Kiyevni Zaporijjya AESga zarba berishda aybladi, Ukraina Qurolli kuchlari buni rad etdi

Moskva Kiyevni Zaporijjya AESga zarba berishda aybladi, Ukraina Qurolli kuchlari buni rad etdi

Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya rasmiylarining bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasiga ukrain harbiylari zarba bergani haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirdi.

Shanba kuni Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi rahbari Aleksey Lixachev Ukrainaning jangovar droni Zaporijjya AESning oltinchi energobloki mashina zali tomiga zarar yetkazganini da’vo qilib chiqdi. Lixachevning da’vo qilishicha, dron “optik tolali aloqa orqali boshqarilgan”, bu esa, “tasodifiy zarba berilgani” haqidagi versiyani butunlay inkor etadi.

Shundan so‘ng, Ukraina Qurolli kuchlari bayonot e’lon qilib, Lixachevning da’volarini “Ukrainani obro‘sizlantirish va Rossiyaning o‘z jinoiy harakatlarini yashirishga qaratilgan navbatdagi urinish” deb baholadi.

"Ukraina Mudofaa kuchlari Zaporijjya atom elektr staniiyasining 6-sonli energoblogiga zarba bermagan. AES front chizig‘ining quruqlikdagi qismidan taxminan 50 km uzoqlikda joylashgani. Agressor berilgan zarba oqibatlari aks etgan sifatli foto va videomateriallarni qasddan ko‘rsatmayapti", deyiladi UQK bsyonotida.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari o‘z ixtiyorida bunday uzoq masofaga uchuvchi optik tolali boshqaruvga ega dronlar ham, 5-6 kg vazndagi jangovar qismga ega uchuvchisiz uchish apparatlari ham mavjud emasligini ta’kidladi.

UQK, shuningdek, yadroviy ob’ektlarga zarba berishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlovchi Jeneva konvensiyasiga amal qilayotganini bayon etdi.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!