O‘zbekiston MOQ va Qozog‘iston sambo federasiyalarining rahbariyati o‘rtasida samarali muloqot o‘tkazildi.
Bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga Qozog‘iston sambo va jangovar sambo federasiyasining birinchi vise-prezidenti Arman Abeuov tashrif buyurdi.
Mehmonni MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov qabul qildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, xususan, sportchilarni xalqaro musobaqalarga tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulotlar tashkil etish, tajriba almashish va yirik sport musobaqalariga samarali tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalar muhokama qilindi.