Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Moldovada saylovlarda ovozlarini “sotgan” fuqarolar jarimaga tortildi

Moldovada saylovlarda ovozlarini “sotgan” fuqarolar jarimaga tortildi

Moldova Korrupsiyaga qarshi kurash milliy markazi 23 oktyabrga qadar polisiyadan bunday huquqbuzarliklar haqida 350 ta xabar olgan holda “passiv saylov korrupsiyasi” moddasi bo‘yicha jami 1 million ley (taxminan 52 ming yevro) miqdorida jarima soldi.

Moldova qonunlariga ko‘ra, “passiv saylov korrupsiyasi” “o‘zi yoki boshqa shaxs uchun saylovda ovoz berish huquqini amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik maqsadida saylovchidan o‘ziga tegishli bo‘lmagan har qanday shaklda tovarlar, xizmatlar, imtiyozlarni shaxsan yoki vositachi orqali talab qilish, qabul qilish yoki olish jinoyati hisoblanadi”.

Prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida g‘alaba qozongan Mayya Sandu “demokratiyaga misli ko‘rilmagan hujum” uyushtirilganini e’lon qildi. "Bizda jinoiy guruh 300 ming ovoz sotib olmoqchi bo‘lganiga oid dalillar va ma’lumotlar bor. Bu misli ko‘rilmagan firibgarlik bo‘lib, bundan maqsad demokratiyaga putur yetkazishdir", — deb bayonot berdi u.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!