Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Moldova sudi Gagauziya muxtoriyati rahbari Yevgeniya Gusulni 20 kunga hibsga oldi — OAV

Moldova sudi Gagauziya muxtoriyati rahbari Yevgeniya Gusulni 20 kunga hibsga oldi — OAV

Prokuratura Gusulni 30 kunga hibsga olishni so‘ragan, biroq sud 20 kunlik qamoq jazosini belgiladi.

Prokuror Adrian Skutaruning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Gusul 2023 yilgi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish bilan bog‘liq to‘rtta modda bo‘yicha ayblanmoqda.

Gusul 25 mart kuni Kishinyov aeroportida, Istanbulga uchishdan oldin qo‘lga olingandi. Rasmiylar uni saylov jamg‘armalarini noqonuniy boshqarish va hujjatlarni soxtalashtirish bo‘yicha tergov doirasida 72 soatga ushlashganini bildirgan.

Evgeniya Gusul o‘zining hibsga olinishni bema’nilik deb atadi va ayblovlarni siyosiy tazyiq deya baholadi.

Kiritildi: 22:32 28.03.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!