Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Mojaro! Xivalik shifokor koronavirusdan vafot etganmi?

Mojaro! Xivalik shifokor koronavirusdan vafot etganmi?

5 sentyabr kuni Xorazm viloyat 1-son klinik shifoxonasi shifokori Baxtiyor Qilichev 66 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unda bemorning o‘limiga koronavirus asoratlar sabab bo‘lgani haqida yozilgan. 15 sentyabr kuni Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Urganch shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli karantin shifoxonasidan olingan kasallik tarixi ma’lumotlariga tayanib, marhumda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanmaganini ma’lum qildi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

«27 avgust kasalxonaga yotqizilgan bemorda birlamchi tekshiruv jarayonida maxsus laboratoriya tekshiruvida ham, keyingi tashxislarda ham koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Bemorning o‘limdan keyingi tashxisi natijalariga ko‘ra, bemorning vafotiga ikki tomonlama pnevmoniya sabab bo‘lganini ko‘rish mumkin», — deyiladi bayonotda.

«Gazeta.uz» nashri bilan suhbatlashgan marhumning rafiqasi Sanobar Jumaniyozova (terapevt) va uning hamkasblari ushbu bayonotga qo‘shilmagan. Ular laboratoriya tahlillari va tekshiruvlarga asoslanib, Qilichevning o‘limiga aynan koronavirus asoratlar sabab bo‘lganini tasdiqlamoqda.

Baxtiyor Qilichev 1954 yili Xivada tug‘ilgan, 1978 yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Xiva tumani shifoxonasida boshlagan, keyinroq viloyati IIV ambulatoriya tibbiyot xizmati boshlig‘i, 1-sonli viloyat klinik shifoxonasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Uzoq yillar davomida Xiva tumani markaziy shifoxonasi terapiya bo‘limiga mudirlik qilgan. Xalq deputatlari tuman kengashi deputati bo‘lgan.

Baxtiyor Qilichevning qarindoshlari va hamkasblarining so‘zlariga ko‘ra, u koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon bemorlarni davolash bilan shug‘ullanib kelgan, avgust oyida esa o‘zi ham koronavirus yuqtirib olgan.

Ta’kidlanishicha, Qilichev koronavirusdan davolanganini ko‘rsatuvchi qator faktlar mavjud. Xususan, uning karantinga joylashtirilgani va Toshkent tibbiyot akademiyasining viloyat filiali qoshidagi Urganchdagi COVID-19 markaziga yotqizilgani (yangi tug‘ruqxona bazasidagi). Uning davolanishini rossiyalik mutaxassislar, jumladan, Moskvadan kelgan reanimatolog Muzaffar Zakirov nazorat qilgan.

«Ikkala o‘pka interstisiyasining siqilish belgilari (interstisial pnevmoniya). Katta ehtimol bilan COVID-19. O‘ng o‘pkada parenxima 30 foiz, chap o‘pkada esa 26 foiz. Og‘irlik darajasi KT-3 (og‘ir)», — deyiladi 24 avgust kungi MSKT tashxisida.

COVID-19 tashxisi kasalxonadan tashqaridagi pnevmoniya, arterial gipertenziya va semirish bilan birga Xorazm viloyati patologanotomiya byurosi aktida keltirilgan (nusxasi tahririyatda mavjud). Shuningdek, ushbu aktda marhumni ko‘mishga va dafn marosimlarini o‘tkazishga tayyorlash jarayoniga izoh berilgan. Unga ko‘ra, marhum qarindoshlari guvohligida ikki nafar mahalliy SES vakili nazorati ostida ko‘milgan.

Kiritildi: 12:16 21.09.2020. O'qildi: 3166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!