Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi 2019 yildan beri birinchi marta Xitoyga tashrif buyurmoqchi. U Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashmoqchi. Sammit avgust oyi oxirida Tyantszinda bo‘lib o‘tadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya bilan savdo borasida AQSh bosimiga duch kelgan Hindiston hukumati Amerika bosimini muvozanatlash uchun Xitoy bilan munosabatlarini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqmoqda.
Bosh vazir Modining Xitoy rahbari Si Szinpin bilan avvalgi uchrashuvi 2024 yilda Qozondagi BRIKS sammitida bo‘lgan edi.