Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha britaniyalik jangchi Jek Kalshou Yorkdagi AFS 10 havaskorlar o‘rtasidagi musobaqada kutilmagan jarohat oldi.
Kalshou Zak Edvards ustidan muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritib, uni birinchi raundda nokautga uchratdi. Jangni to‘xtatilganidan so‘ng, Kalshou g‘alabani katta shovqin bilan nishonlay boshladi va oktagon panjarasidan muvaffaqiyatsiz tarzda sakradi.
Shu zahotiyoq sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati paydo bo‘ldi, keyinchalik Kalshou og‘ir jarohat olgani aniqlandi - o‘ng tizzasi bo‘g‘inlarining shikastlanishi. Shuningdek, u chap tizzasidan uncha jiddiy bo‘lmagan jarohat oldi.
«Shunga qaramay, hammasi juda yaxshi. Ushbu nokaut tufayli men haqimda ko‘proq odamlar bilib oladi va homiy bo‘lishga intilishadi. Plyus, meni shoularga ko‘proq taklif etishadi. Men bilan yuz bergan vaziyatda, ommaviy axborot vositalaridagi har qanday xabar faqat foyda keltiradi», - deya jarohat olgan sportchining so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.