Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Miss Intercontinental"da O‘zbekiston sharafini 20 yoshli Nigina Faxriddinova himoya qiladi (foto, video)

"Miss Intercontinental"da O‘zbekiston sharafini 20 yoshli Nigina Faxriddinova himoya qiladi (foto, video)

O‘zbekistonlik 20 yoshli Nigina Faxriddinova "Miss Intercontinental" xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etish uchun Misrga jo‘nab ketdi, deb xabar beradi Uznews.uz.

Tanlov o‘tkazila boshlanganidan beri 48 yil ichida birinchi marta "Miss Intercontinental Uzbekistan 2019" unvonining rasmiy egasi Faxriddinova Nigina bo‘ldi, u MDH davlatlarining M&B Models Agentligi rasmiy lisenziyasi egalaridan onlayn-kastingda g'olib chiqdi.

Faqat bitta qiz "Miss Intercontinental" tanlovida o‘z mamlakatining vakili bo‘lish huquqiga ega. Miss Intercontinental tanlovi g‘olibiga 361 466 dollarlik toj beriladi, bu barcha xalqaro go‘zallik tanlovlarining eng qimmat toji hisoblanadi.

- O‘zbekiston madaniyat va go‘zallikni rivojlantirishda yangi qadam qo‘yganidan va yangi bosqichga ko‘tarilganidan xursandman. Men o‘z mamlakatimni xalqaro miqyosda munosib ravishda namoyish etish uchun bor kuchimni sarflayman. Agar vatandoshlarim meni qo‘llab-quvvatlasalar va 20 dekabrm kuni bo‘lib o‘tadigan finalda meni qo‘llab-quvvatlasalar, bundan juda minnatdor bo‘lardim”, deydi Nigina UzNews.uz muxbiri bilan suhbat chog‘ida.

"Miss Intercontinental" tanlovi 1971 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi va beshta eng nufuzli go‘zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi. 100 dan ortiq davlat ishtirok etadigan musobaqaning finali shu yil 20-dekabr kuni Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tadi. 

 

Kiritildi: 12:51 09.12.2019. O'qildi: 8381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!