Ushbu suv osti kemasida 6 kishi halok bo‘ldi, deya xabar qilmoqda Rossiya axborot manbalari.
Sayohat uchun mo‘ljallangan batiskaf qirg‘oqdan bir kilometr uzoqlikdagi marjon riflarini tomosha qilish uchun ketayotgan edi, uning bortida 45 nafar Rossiya fuqarosi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u rifga urilib ketgan.
Xabar berilishicha, ko‘pchilik qutqarilgan, ammo 6 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Yana to‘rt kishining ahvoli o‘ta og‘ir.