Misrning O‘rta yer dengizidagi Damiyetta portida AQShga tegishli gaz saqlash tankeriga dron hujum qildi.
Bu haqda Ambrey dengiz xavfsizligi kompaniyasi ma’lum qildi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, dron Energos Winter kemasiga urilib, yong‘inga sabab bo‘lgan. Keyin yong‘in yaqin atrofdagi Gaslog Salem gaz tashuvchi kemasiga tarqaldi.
Inchcape port xizmatlari kompaniyasi ham Damiyetta portida ikkita gaz tashuvchi kemada yong‘in sodir bo‘lganini xabar qildi.
Manbalarga ko‘ra, ekipaj evakuasiya qilingan va yong‘in nazoratga olingan. Hech kim jarohatlanmagan. Hujum ortida turganlarning shaxsi hali ham noma’lum.