Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Misrlik ayol birdaniga to‘qqiz bolaga homilador bo‘ldi

Misrlik ayol birdaniga to‘qqiz bolaga homilador bo‘ldi

“Al-Arabiya”ning yozishicha, bunday noodatiy holatga tuxumdon faoliyatini rag‘batlantiruvchi dori vositalaridan foydalanish sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bunday holat homilador ona hamda embrionlar uchun yuqori xavf tug‘dirishi ta’kidlangan.

Hodisa er-xotin uchun ham kutilmagan bo‘lib, ular homilaning ahvolini tekshirtirish jarayoni birdaniga ularni ham, shifokorlarni ham hayratga solgan.

Ayollar kasalliklari va tug‘ruq bo‘yicha mutaxassis doktor Voil al-Banno “Al-Arabiya” va “Al-Hadath”ga bergan izohida ushbu holat bir necha omillar uyg‘unlashgani bois tibbiyotda qayd etilgan eng noyob holatlardan biri ekanini aytgan. Eng muhim omillardan biri — tibbiy nazoratsiz o‘tkazilgan tuxumdonlarni faollashtirish.

Ginekologning aytishicha, zamonaviy tibbiyot yordamida urug‘langan tuxum hujayralari sonini kamaytirish mumkin. Bu onaning salomatligi uchun xavfni kamaytiradi va qolgan bolalarning rivojlanishi uchun sharoitni yaxshilaydi.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!