Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Misrda ichida rossiyaliklar bo‘lgan batiskaf halokatga uchradi, qurbonlar bor

Misrda ichida rossiyaliklar bo‘lgan batiskaf halokatga uchradi, qurbonlar bor

Misrning Xurgada shahri qirg‘oqlari yaqinida 45 nafar rossiyalik turist bo‘lgan batiskaf halokatga uchradi, qurbonlar bor, deb xabar berdi bosh konsullik o‘zining Telegram-kanalida.

Xabarga ko‘ra, 27 mart kuni soat 10:00 atrofida qirg‘oqdan bir kilometr uzoqlikda “Sindbad” sayyohlik batiskafi bilan halokat yuz berdi. Batiskaf xuddi shu nom bilan ataluvchi mehmonxonaga tegishli. Bortda ekipajdan tashqari 45 nafar sayyoh, jumladan, voyaga yetmaganlar ham bo‘lgan. Ularning barchasi Rossiya fuqarolari, “Biblio Globus” kompaniyasining turistlaridir.

Qayd etilishicha, kema marjon rifini kuzatish uchun muntazam suv osti ekskursiyasini amalga oshirgan, deb xabar beradi ria.ru.

Shu bilan birga, bosh konsul Viktor Voropayev RIA Novosti bilan suhbatda qurbonlarning fuqaroligi hali aniqlanayotganini ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetdi, deb xabar berdi Misrning Youm7 nashri.

Kiritildi: 17:30 27.03.2025. O'qildi: 459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!