Misrning Qizil dengizdagi Marsa-Alam shahri qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan Sea Story yaxtasidan 28 kishi qutqarib olindi.
Bu haqda Qizil dengiz viloyati gubernatori Amr Hanafiy ma’lum qildi.
"Qizil dengiz gubernatori Amr Hanafiy Marsa-Alam shahri janubida Sea Story sayyohlik yaxtasining cho‘kib ketishi bilan bog‘liq hodisadan hozirda 28 kishi muvaffaqiyatli qutqarilganini, bedarak yo‘qolgan 17 kishini qidirish davom etayotganini" - ma’lum qildi.