Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Misrda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

A A A
Misrda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Misrda xorijliklar, jumladan, talabalarning mamlakatda qonuniy qolishiga oid tekshiruvlar kuchaytirilgani sababli 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi migrasiya qoidalarini buzganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi ma’lum qildi.

Elchixona vakillari 13 may kuni Qohiraning Nasr shaharchasidagi mas’ul polisiya bo‘limlariga tashrif buyurib, vaziyatni o‘rganishgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ushbu fuqarolardan biri qonuniy maqomini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan so‘ng ozod qilingan. Qolganlar bo‘yicha esa huquqiy baho berilib, mahalliy qonunchilik asosida qaror qabul qilinishi aytilgan.

Elchixona Misrdagi o‘zbekistonliklardan migrasion tekshiruvlar davomida ushlanish holatlari yuzasidan zudlik bilan xabar berishni so‘ragan.

Shuningdek, fuqarolardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, yashash guvohnomasi (iqoma) yoki talabalik guvohnomasini doim yonlarida olib yurishlari qat’iy tavsiya etildi.

Kiritildi: 16:15 14.05.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!