Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Misr Tashqi ishlar vaziri: "Falastin muammosini hal qilmasdan turib Yaqin Sharq barqaror bo‘lmaydi"

Misr Tashqi ishlar vaziri: "Falastin muammosini hal qilmasdan turib Yaqin Sharq barqaror bo‘lmaydi"

Falastin muammosi hal qilinmaguncha, Yaqin Sharq mintaqasida barqarorlik bo‘lmaydi.

Bu haqda Bag‘dodda Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdulatiy ma’lum qildi.

Iroq poytaxtida u 17 may kuni Bag‘dodda bo‘lib o‘tadigan Arab davlatlari ligasining (ADL) 34-sammitiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan Misr, Iroq va Iordaniya tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi.

"Falastin muammosiga yechim topilmasa, mintaqada barqarorlik bo‘lmaydi”, - deya ta’kidladi Misr TIV rahbari.

U “deyarli 70 kundan beri G‘azo sektoriga hech qanday yordam yetib kelmaganini” “xalqaro hamjamiyat uchun sharmandalik” deb atadi.

“Yordamning G‘azoga yetib borishini to‘sib qo‘yish qabul qilinishi mumkin emas”, deya qo‘shimcha qildi u Qohira G‘azo aholisini ko‘chirish taklifini rad etishini tasdiqladi.

Kiritildi: 09:11 15.05.2025. O'qildi: 677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!