Misr 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va Arab Ligasining favqulodda sammiti arafasida bir qator intensiv diplomatik muloqotlar o‘tkazganini ma’lum qildi. Uchrashuv Isroil tomonidan Qatar poytaxti Doxaga uyushtirilgan hujum fonda bo‘lib o‘tadi.
Misr Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, TIV rahbari Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Muloqotlarda mintaqadagi siyosiy va xavfsizlik muammolari, shuningdek, so‘nggi voqealarning oqibatlari muhokama qilingan. Tomonlar arab va islom dunyosida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun siyosiy, diplomatik va iqtisodiy hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.
Sammit Qatar tashabbusi bilan, Turkiya raisligidagi IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi ko‘magida bo‘lib o‘tadi. Bu 2023 yil 7 oktyabrdan boshlab G‘azo sektoridagi Isroil hujumlari boshlanganidan beri uchinchi favqulodda uchrashuv bo‘ladi.
Sammitda Isroilning Qatarga hujumi, G‘azo va G‘arbiy sohildagi urush, shuningdek Isroil agressiyasining Livan, Suriya, Yaman va Eronga kengayishi masalalari ko‘rib chiqiladi.