Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Misr: 2200 yillik tarixga ega noyob doirasimon ibodatxona topildi

Misr: 2200 yillik tarixga ega noyob doirasimon ibodatxona topildi

Misrda arxeologlar tomonidan taxminan 2200 yil avval muqaddas suv marosimlari uchun ishlatilgan mukammal doira shaklidagi qadimiy ibodatxona topildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur tarixiy inshoot qadimgi Peluziy porti (hozirgi Port-Said shahri) hududidan topilgan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Majmua markazida diametri taxminan 35 metr bo‘lgan yirik suv havzasi joylashgan bo‘lib, u Nil daryosi bilan maxsus kanallar va rezervuarlar tizimi orqali bog‘langan.

Amerika Arxeologiya instituti yegiptologi Stiv Xarvining so‘zlariga ko‘ra, bu avval faqat yozma manbalarda uchragan e’tiqodning kamyob moddiy daliliga aylanadi.

Qayd etish joiz, ibodatxona ichidan Nil loyqasi va suv yig‘ish tizimi izlari topilgani uning bevosita daryo kultlari bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi.

Miloddan avvalgi VIII asrda asos solingan Peluziy shahri muhim savdo va mudofaa punkti bo‘lib xizmat qilgan.

Kiritildi: 21:35 23.04.2026. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!