Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha 2 oyga yopiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘cha 2 oyga yopiladi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasi transport vositalari uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgartiriladi, aholiga, yo‘lovchilarga va shaharsozlik normalariga mos tushadigan maskanga aylantiriladi.

Shu sababdan 18 oktyabrdan 20 dekabrgacha «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, «O‘zbekiston ovozi» ko‘chasining Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha yopiladi.

Kiritildi: 23:00 18.10.2024. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!