Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Mirziyoyev — Yilmaz uchrashuvi: ikki davlat o‘rtasida yangi sheriklik davri boshlanmoqda

Mirziyoyev — Yilmaz uchrashuvi: ikki davlat o‘rtasida yangi sheriklik davri boshlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Turkiya Respublikasi vise-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investisiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni, aviaqatnovlar ko‘paymoqda.

Bugun Toshkent shahrida o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes muloqoti va ko‘rgazmaning samarali natijalari yuksak baholandi.

Tovar ayirboshlashni, shu jumladan Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish orqali yanada ko‘paytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish muhim ekani ta’kidlandi.

Innovasiyalar, energetika, sanoat, farmasevtika, to‘qimachilik, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish, kooperasiya loyihalarining yangi portfeli va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 21:04 15.05.2025. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!