Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi

Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 sentyabr kuni ikki tomonlama hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlarini o‘tkazish doirasida respublikada bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyevni qabul qildi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar birodar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Esenmirat Orazgeldiyev O‘zbekiston yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Shuningdek, shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qo‘shma hukumatlarlaro komissiyalar yig‘ilishlarining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Davlat rahbari O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sammitga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, eng avvalo, mazmunli kun tartibini shakllantirish, shuningdek, iqtisodiy kooperasiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 19:40 14.09.2021. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!