Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Mirziyoyev rafiqasi bilan Vengriyada! Budapeshtda oliy darajadagi tashrif boshlandi

Mirziyoyev rafiqasi bilan Vengriyada! Budapeshtda oliy darajadagi tashrif boshlandi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga keldi.

Samolet oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 20 may kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston prezidenti 21 may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Kiritildi: 10:28 20.05.2025. O'qildi: 563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!