Usmon Nosirning hayoti va ijodini yanada kengroq o‘rganish, asarlarini nashr qilish, jumladan, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida haykalini hamda Rossiyaning Kemerovo o‘lkasidagi shoir dafn etilgan maskanda yodgorlik o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.
"Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilingan. Shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda o‘tkazib, 1944 yili 32 yoshida vafot etadi.
Usmon Nosir bir she’rida: “Bargdek uzilib ketsam, unutmas meni bog‘im”, deb yozgan edi. Albatta, u “bog‘” deganda, jonajon Vatanini, bag‘rikeng xalqimizni nazarda tutganini anglash qiyin emas", dedi Shavkat Mirziyoyev.