Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mirziyoyev aholining yog‘ va go‘shtga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Mirziyoyev aholining yog‘ va go‘shtga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda chorvachilik yo‘nalishida mingta, parrandachilikda 277 ta korxonani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 1 million gektardan ziyod asosiy maydonlarda hamda ekinlardan bo‘shaydigan yerlarda sabzavot, kartoshka, sholi, poliz va ozuqa mahsulotlarini yetishtirish mo‘ljallangan.

Prezident yog‘-moy mahsulotlariga aholi talabini qondirish maqsadida joriy yilda 246 ming tonna moyli ekinlar yetishtirib, 86 ming tonna moy ishlab chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Kiritildi: 22:59 12.05.2021. O'qildi: 4862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!