Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan Halqaro turnir o‘tkaziladi

Mirabror Usmonov xotirasiga bag‘ishlangan Halqaro turnir o‘tkaziladi

Joriy yilning sentyabr – oktyabr oylarida mamlakatimizda futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionati o‘tkaziladi.

Ushbu nufuzli turnirga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Mirabror Zufarovich Usmonov xotirasiga bag‘ishlab, futzal bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etadi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi va Gvatemala futzal terma jamoalari ishtirok etadi.

Uchrashuvlar 19–23-iyul kunlari "Yunusobod" sport majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

"Taniqli davlat arbobi, "Mehnat shuhrati", "El-yurt hurmati" va "Do‘stlik" ordenlari sohibi, bir necha yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanishi hamda dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida ulkan hissa qo‘shgan shaxs — Mirabror Usmonovning yorqin xotirasini milliy sportimiz jamoatchiligi aslo unutmaydi" - deyiladi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 19:30 04.07.2024. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!