Minneapolisda Immigrasiya xizmati reydi chog‘ida Aleks Prettini otib o‘ldirgan ikki federal agent vaqtincha xizmatdan chetlatildi. Bu haqda The Insider nashri xabar berdi.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining dastlabki hisobotiga ko‘ra, 24 yanvar kuni sodir bo‘lgan voqea vaqtida ICE agentlari Glock 19 va Glock 47 to‘pponchalaridan o‘q uzgan.
Biroq hujjatda federal rasmiylarning Pretti qo‘lida qurol ko‘targani yoki agentlarga hujum qilgani haqidagi da’volari tasdiqlanmagan. Bundan tashqari, ishdan chetlatilgan agentning ismi oshkor qilinmayapti.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligining ta’kidlashicha, Prettining “zo‘rlik bilan qarshilik ko‘rsatgani” to‘g‘risidagi bayonotlar voqea joyidan kelgan xabarlar asosida berilgan va hozirda tergov doirasida qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Bu yanvar oyi davomida Minneapolisda ICE xodimlari qurol ishlatgan uchinchi holat hisoblanadi. Yanvar oyining boshida ICE xodimi 37 yoshli mahalliy aholi vakili Rene Nikol Gudni otib o‘ldirgan, 14 yanvar kuni esa ICE o‘tkazgan operasiya vaqtida Venesueladan bo‘lgan migrant oyog‘idan yaralangandi.