Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Tokayev Rossiyani Qozog‘iston orqali $14 mlrd pul yuvishda aybladi

Tokayev Rossiyani Qozog‘iston orqali $14 mlrd pul yuvishda aybladi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev Rossiya tomonidan mamlakat bank tizimi orqali yirik miqdorda pul yuvilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, «qo‘shni davlat»dan bir bank orqali 7 trln tengedan ortiq — taxminan $14 mlrd mablag‘ o‘tkazilgan.

Tokayev bu holatni qonun, iqtisod va siyosat nuqtai nazaridan «juda voz kechib bo‘lmas holat» deb atadi. Sanksiyalar fonida Qozog‘iston Rossiya uchun «kulrang» moliyaviy oqimlar tranzitiga aylangani ta’kidlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda pul yuvishda qo‘llangan bank kartalarining 90 foizdan ortig‘i norezidentlarga tegishli bo‘lgan. 6,2 mingta «drop-karta» orqali 24 mlrd tenge aylantirilgan.

Vaziyatga javoban, hukumat choralarni kuchaytirmoqda: IINni masofadan berish taqiqlandi, xorijliklar uchun talablar qat’iylashtirildi, biometrik tekshiruv, bir kishiga bitta karta limiti, $1000dan yuqori o‘tkazmalar nazorati joriy etildi.

Shuningdek, 130 dan ortiq noqonuniy kriptoobmennik yopildi, MDHdagi eng yirik servis — $224 mln aylanmali RAKS exchange faoliyati tugatildi.

Kiritildi: 23:47 28.01.2026. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!