Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Minneapolisda immigrasiya agentlari Aleks Prettini otib o‘ldirganidan so‘ng norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

Minneapolisda immigrasiya agentlari Aleks Prettini otib o‘ldirganidan so‘ng norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi

BBC'ning xabar berishicha, yuzlab odamlar shahar markazida to‘planib, AQSh Immigrasiya va bojxona polisiyasi xodimlariga qarata "ICE, yo‘qoling" degan shiorlar bilan norozilik aksiyasini o‘tkazgan.

Nashrning qayd etishicha, bu namoyish avvalgilariga qaraganda ancha tinchroq o‘tgan.

Namoyishchilarning aytishicha, norozilik chiqishlari ICE Minneapolisni tark etmagunicha to‘xtamaydi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Wall Street Journal'ga bergan intervyusida "qachondir" ICE agentlari Minneapolisdan olib chiqilishini aytgan, biroq aniq sanasi haqida ma’lumot bermagan.

Aleks Pretti shanba kuni ICE xodimlari bilan to‘qnashuvda yaralanib vafot etgandi. Bu voqea Minneapolisda immigrasiya agenti bir ayolni otib o‘ldirganidan uch hafta o‘tmay sodir bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 16:53. O'qildi: 182 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!