👤 2024 yilning 24 fevral kuni soat 21:50 larda, Olmazor tumanida joylashgan "Mineral suvlar" blok-postida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kichik serjant A.Burxonov va Kinologiya xodimi safdor O.Ziyayevlar tomonidan, Toshkent viloyati hududidan, Toshkent shahri hududiga harakatlanib kelayotgan “NEXIA 3” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, avtoulov yo‘lovchisi 1981 yilda tug‘ilgan Q.D.ning gap so‘zi va o‘zini tutishi xodimlarda shubha uyg‘otgan, xolis ishtirokida tekshirilganda yonidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik moddasi topilgan.
📄Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro Q.D. Olmazor tumani IIO FMBga topshirilgan.