Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari mamlakat prezidenti Sadir Japarovga ikki marta suiqasd uyushtirishga chek qo‘ydi.
Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.
Tashiyevning aytishicha, unga qarshi hatto 5-6 marta suiqasd ham tayyorlangan.
"Ular hatto men o‘tadigan yo‘lni portlatib yuborishga tayyorgarlik ko‘rishgan edi. Maxsus xizmatlar va polisiyaning hushyorligi ularning rejalarini amalga oshirishga imkon bermadi. Ular uchun juda ko‘p mablag‘ ajratilmoqda" - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday urinishlar davom etmoqda, ularga katta moliyaviy resurslar ajratilmoqda.