Qonun (O‘RQ-1024-son, 06.02.2025 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
Unga ko‘ra, Milliy gvardiyaning Bolalar bilan ishlash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari harbiy xizmatchilari va xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga doir vakolatlari belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.