Bugun 25 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonlari o‘rganildi

Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonlari o‘rganildi

MFM qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O‘FA rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh qurilish jarayonini yaqindan ko‘zdan kechirish va mas’ullar bilan loyihaning keyingi rejalarini muhokama qilish maqsadida qurilish ob’ektida bo‘ldi.

Ma’lumki, MFM qoshida zamonaviy VAR markazi yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu markaz FIFA xalqaro talablariga mos ravishda zamonaviy jihozlar bilan ta’minladi. Mutaxassislar raqamlashtirish va ma’lumotlar bazasini tashkil etish borasida o‘z maslaxatlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Eslatib o‘tamiz, Futbol markazida shuningdek zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Milliy terma jamoalar uchun tayyorgarlik bazasi, Respublika futbol akademiyasi, sport tibbiyoti va reabilitasiya markazlari o‘rin oladi.

Kiritildi: 09:25 09.04.2025. O'qildi: 622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!