Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari oshdi

Millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari oshdi

So‘nggi vaqtlarda yashirin himoyalanish inshootlarini quruvchi kompaniyalarning xizmatlariga talab keskin ortgan, deb yozmoqda Forbes. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan. Mijozlar orasida rossiyalik millionerlar ko‘p.

Jurnalning qayd etishicha yashirin joy – bunkerlarga talab odatda favqulodda holatlarda oshib ketadi, shu sababli ham bozor nisbatan katta emas. «Spesgeoproyekt» kompaniyasi rahbari Danil Andreev bunkerlar qurilishini 200 million rublga baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yil ichida 30 ta xavfsizlik xonasi va 10 ta bunker quriladi. Kompaniya COVID-19 epidemiyasidan avval bir oyda bitta bunker qurgan bo‘lsa, hozir uchta qurilmoqda. Aprelda esa beshta bunkerga buyurtma olgan.

Talabning o‘sib borayotganini AQShdagi ishlab chiqaruvchilar (bu yerda bozor ancha rivojlangan) ham qayd etgan. «Bizga rossiyaliklar ko‘p bora murojaat qildi, 2020 yilda biz ularga ikkita yashirinish bunkerini sotdik»,— deydi AQShdagi Rising S Company bunkerlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi vakili Gari Linch.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ob’ektlarning maydoni taxminan 46 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bitta bunkerning narxi — 150 ming dollar. 2020 yilning dastlabki uch oyi davomida bunkerlarga bo‘lgan talab 2019 yildagiga nisbatan 2000 foizga o‘sgan. Boshqa bir AQSh kompaniyasi Vivos ham Rossiyadan takliflar kelib tushayotganini bildirgan, ammo raqamlar va narxlar borasida aniq ma’lumot bermagan. Umumiy olganda, yashirin joylar tayyorlashga bo‘lgan so‘rovlar ko‘rsatkichi 1000 foizga, sotuvlar esa 400 foizdan ko‘proqqa o‘sgan.

Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4,8 millionga etgan, kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh yaqqol peshqadam — 1,5 milliondan ko‘proq, 2-o‘rinda Rossiya — 299 ming nafardan ko‘p odam kasallikka chalingan. Pandemiya davrida jahonda 319 mingdan ko‘p bemor vafot etgan, 1,8 milliondan ortiq odam esa kasallikdan tuzalgan.

Kiritildi: 07:15 21.05.2020. O'qildi: 2861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!