Charnvirakul “Kannabis qiroli” nomi bilan tanilgan. U bu nomni Tailandda marixuanani dekkriminallashtirishni qo‘llab-quvvatlagani uchun olgan. Siyosatchi shu paytgacha mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra Charnvirakul Tailanddagi eng boy siyosatchilardan biri hisoblanadi. Uning deklarasiya qilingan boyligi 4,4 milliard batni (137,3 million dollar) tashkil etadi.