Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Millatlar ligasi. Angliya Xorvatiyani safarda sharmanda qildi

Millatlar ligasi. Angliya Xorvatiyani safarda sharmanda qildi

Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi 3-turida safarda Xorvatiyani 7:0 hisobida tor-mor qildi.

Inglizlar safida Xarri Keyn va Bukayo Saka dubl qayd etdi. Shuningdek, Jud Bellingem, Entoni Gordon va Morgan Rojers ham bittadan gol urdi. Bellingem uchta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Xorvatiya o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qildi. Avvalgi antirekord 2018 yilgi Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi o‘yinda qayd etilgan bo‘lib, o‘sha bahs 0:6 hisobida yakunlangan edi.

Uchta o‘yindan so‘ng Angliya 6 ochko bilan A ligasi 3-guruhida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Xorvatiya esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda.

Keyingi turda Angliya Chexiyani qabul qiladi, Xorvatiya esa Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikki uchrashuv 6 oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

UYEFA Millatlar Ligasi. A Ligasi, 3-guruh
03.10.2026 | Riyeka, «Ruyevisa» stadioni
XORVATIYa — ANGLIYa — 0:7
Gollar: Xarri Keyn 8’ (0:1), Jud Bellingem 21’ (0:2), Entoni Gordon 39’ (0:3), Bukayo Saka 45’ (0:4), Xarri Keyn 53’ (0:5), Bukayo Saka 68’ (0:6), Morgan Rodjers 87’ (0:7).
Xorvatiya: Dominik Livakovich, Ivan Perishich, Yoshko Gvardiol, Luka Vushkovich, Yosip Stanishich (Yosip Shutalo, 76), Mateo Kovachich, Luka Modrich (Kristiyan Yakich, 57), Martin Baturina(Nikola Vlashich, 46), Petar Suchich (Mario Pashalich, 46), Franyo Ivanovich, Petar Musa (Igor Matanovich, 46).
Angliya: Jordan Pikford, Lyuis Xoll (Lyuis-Skelli, 79), Mark Gexi, Ezri Konsa, Jarell Kuansa, Aleks Skott (Djeyms Garner, 70), Elliot Anderson (Morgan Gibbs-Uayt, 79), Entoni Gordon (Eberechi Eze, 70), Jud Bellingem, Bukayo Saka, Harri Keyn (Morgan Rodjers, 70).
Ogohlantirishlar: Mateo Kovachich (68).

Kiritildi: 23:16 03.10.2026. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!