Italiyaning Milan shahrida sinagoga va masjidda teraktlar sodir etishni rejalashtirganlikda gumonlanayotgan 22 yoshli yigit qo‘lga olindi.
ANSA axborot agentligi xabar berishicha, gumonlanuvchi oldindan portlovchi qurilmalar tayyorlash va o‘qotar qurollarni o‘zgartirish usullarini o‘rgangan. U tayyorlagan qurilmalarini Milan atrofidagi shaharchasda joylashgan sinagoga va masjidda qo‘llashni rejalashtirgan.
Tintuv vaqtida polisiya xodimlari uning elektron qurilmalarida ksenofobiya va Xolokostni inkor etish g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi, shuningdek, 2011 yilda Norvegiyada ommaviy qotilliklarni amalga oshirgan terrorist Anders Breyvik mafkurasini aks ettiruvchi materiallarni aniqlagan.
Bundan tashqari, uning elektron qurilmalarida portlovchi moddalar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni qidirganlik izlari ham topilgan.