Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

“Milan” Fayzullayev uchun 50 million yevro so‘ragan bo‘lardi — ekspert

A A A
“Milan” Fayzullayev uchun 50 million yevro so‘ragan bo‘lardi — ekspert

Futbol mutaxassisi Igor Kolivanov “Monako”ning “SSKA” yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqishi haqida gapirdi.

— “Monako” Abbos Fayzullayevga qiziqayotgani haqida xabarlar bor. Bu haqda qanday fikrdasiz?

— “SSKA”ning shundoq ham zaxira o‘rindig‘ida futbolchilar kamchilikni tashkil qiladi. Fayzullayevni ham sotishsa... Bilmadim. Agar ketsa, kimnidir sotib olish kerak.

— Fayzullayevning “Monako”ga o‘tishi to‘g‘ri qaror bo‘larmidi?

— U o‘zini Yevropaning yaxshi klubida sinab ko‘rish niyatida. Qolaversa, “SSKA” hozir hech narsa uchun kurashmayapti. U “Monako” darajasida o‘ynab keta oladimi? Masalan, Golovin buni epladi. Bir paytlar unga ham savollar bor edi. U ham Fayzullayevning yoshida ketgan. Menimcha, Abbos ham buni uddasidan chiqadi. U yaxshi futbolchi, tezkor va texnikasi kuchli. Unda kuchliroq o‘yin ko‘rsatish uchun hamma narsa bor.

— OAVda Monako Abbos uchun “SSKA”ga 15 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida gaplar bor. Bu summa futbolchi uchun yetarlimi?

— Agar futbolchi bizning chempionatimizdan ketayotgan bo‘lsa, narx normal. Agar u Milandan ketsa, 50 million taklif qilingan bo‘lardi.

— Taqqoslash uchun “Spartak”Ugalde uchun 13 mln to‘ladi.

— Ugalde hozir rivojlanishda davom etmoqda va u ham RPLni tark etishi mumkinligi haqida yozishmoqda. Agar u ketsa, uning o‘rniga o‘rinbosar topish ham qiyin bo‘ladi. So‘nggi paytlarda u ancha yaxshilandi, ko‘p gol uradi va har bir gol uning qiymatini uch millionga oshirmoqda (kuladi).

— Golovin “Monako”da o‘ynaydi. Sizningcha, uning bu transferga aloqasi bormi? Balki u bilan Fayzullayev haqida maslahatlashishgandir?

— Har holda bizga skautlar kelishdi. Menimcha, ular Golovin bilan gaplashishgan. U “SSKA”da o‘ynaganida, Abbos hali u yerda emas edi. Shunday bo‘lsa-da, Sasha u haqida ko‘p narsa biladi.

— Fayzullayevning ketishi “SSKA”ga qanday ta’sir qiladi?

— Har qanday yaxshi futbolchining ketishi har qanday jamoaga ta’sir qiladi. U o‘zi va jamoadoshlari uchun ko‘p vaziyatlar yaratadigan futbolchilardan biri. Hozircha uning o‘rniga munosib o‘rinbosar yo‘q. U chapda ham, o‘ngda ham o‘ynay oladi.

Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayevga Fransiya klubidan tashqari, Ispaniyaning “Real Sosyedad” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali o‘zbekistonlik yarim himoyachini 6 million yevroga baholagan.

Abbosbek Fayzullayev joriy mavsumda “SSKA” tarkibida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.

Kiritildi: 11:59 05.12.2024. O'qildi: 2175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!