Sloveniyada yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, besh kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Sloveniyaning Delo nashri polisiyaga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa Lyublyanadan 100 km shimolda joylashgan Slovenske Konisa aholi punkti yaqinidagi trassada sodir bo‘lgan. Ukrainadan yetti kishini olib ketayotgan mikroavtobus haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik boshqarayotgan yuk mashinasi tirkamasi orqasiga borib urilgan.
To‘qnashuv natijasida mikroavtobusning besh nafar yo‘lovchisi halok bo‘lgan, ulardan to‘rt nafari, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina fuqarolari bo‘lgan.
YTHga sababchi bo‘lgan mikroavtobus haydovchisi yengil, yo‘lovchisi esa og‘ir tan jarohati olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHda yuk mashinasi haydovchisi jabrlanmagan.