Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Migrasiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi

Migrasiya agentligi xorijga ishga boruvchilarni to‘lov qilishda aldanib qolmaslikka chaqirdi

Migrasiya agentligi xorijga ishga borish jarayonida lisenziyaga ega xususiy bandlik agentligi bilan shartnoma tuzib, to‘lovni esa boshqa firma yoki vositachilar hisob raqamiga amalga oshirmaslikni maslahat berdi.

Qayd etilishicha, lisenziya bir tashkilot nomi uchun beriladi va boshqa firma yoki “konsalting” xizmatlariga tatbiq etilmaydi.

Agentlikning ogohlantirishicha, naqd pul berish, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish yoki “konsalting xizmati” nomi bilan boshqa firmaga to‘lov qilish xavfli hisoblanadi.

“To‘lov faqat xususiy bandlik agentligining maxsus depozit hisob raqamiga amalga oshirilishi va albatta to‘lovni tasdiqlovchi chek bo‘lishi kerak”, deyiladi agentlik xabarida.

Migrasiya agentligi xorijga ishga borishni rejalashtirgan fuqarolarga lisenziyani tekshirish, shartnoma va to‘lovdagi firma nomini solishtirish hamda to‘lov cheklari, xujjatlar, reklama va yozishmalarning barchasini saqlashni tavsiya qilgan.

Kiritildi: Bugun 15:45. O'qildi: 259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!