Seutaga yangi muhojirlar oqimi 15 avgustgacha yuz berishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan chaqiriqlar sababli Ispaniyaning Seuta anklaviga 15 avgustgacha yangi muhojirlar oqimi yuz berishi mumkin. Bu haqda «Kadena SER» radiostansiyasi xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda 15 avgustgacha Ispaniya–Marokash chegarasini ommaviy ravishda kesib o‘tishga chaqiruvchi xabarlar tarqalmoqda.
«Bu yangi kampaniya iyul oyi oxirida bo‘lib o‘tgan harakatga o‘xshaydi. Tarqalayotgan xabarlar soni ko‘pligi sababli u yanada keng tus olmoqda», — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga javoban, Marokash hukumati chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlarning oldini olish uchun Ispaniya rasmiylari bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.
Seutada iyul oyi oxirida yuz bergan migrasiya inqirozidan so‘ng Ispaniya va Marokash chegara xavfsizligini kuchaytirish choralarini ko‘rmoqda.