Microsoft kompaniyasi Azure bulut platformasining maxsus versiyasini Isroilning harbiy razvedka bo‘limi — 8200 uchun ishlab chiqdi. Bu tizim orqali falastinliklar ustidan yuritilayotgan millionlab telefon suhbatlari va boshqa kuzatuv ma’lumotlari saqlanmoqda.
Ushbu ma’lumotlar Gazo va G‘arbiy sohildagi havo hujumlari hamda harbiy operasiyalarni rejalashtirishda foydalanilgan.
Bu hamkorlik Microsoft rahbari Satya Nadella tomonidan 2021 yilda ma’qullangan va "muhim biznes imkoniyati" sifatida baholangan.
Jamoatchilikdagi tanqidlarga qaramay, ichki hujjatlar va manbalar Microsoft kuzatuvning ko‘lami va xususiyatidan xabardor bo‘lganini ko‘rsatmoqda.