Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Microsoft global uzilishda Yevropa Ittifoqini aybladi

A A A
Microsoft global uzilishda Yevropa Ittifoqini aybladi

Microsoft o‘tgan juma kuni yuz bergan tarixdagi eng yirik tizim nosozliklari uchun Yevropa Ittifoqi, hech bo‘lmaganda bilvosita aybdor ekanini da’vo qilmoqda, deya xabar beradi Euronews.

IT-giganti vakillari 2009 yilda Yevropa Ittifoqi va Microsoft o‘rtasida tuzilgan monopoliyaga qarshi kelishuvga ishora qilmoqda. Hujjat Windows yaratuvchilarni uchinchi tomon dasturlarini ishlab chiquvchilarga Microsoftning tegishli dasturlari ega bo‘lgan operasion tizimga bir xil darajada kirishni ta’minlashga majbur qildi.

Microsoft hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 8,5 million kompyuter Crowdstrike uzilishidan zarar ko‘rgan.

Shunday qilib, Crowdstrike xavfsizlik dasturi operasion tizim yadrosiga eng yuqori kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Echinchi tomon dasturini yangilamaslik butun sayyora miqyosida "o‘limning zangor ekrani" ga - butun dunyo bo‘ylab 8,5 million Windows tizimlarining "halokatiga" olib keldi.

Bu dunyodagi barcha Windows kompyuterlarining bir foizdan kamrog‘ini tashkil qilsa-da, Crowdstrike mahsulotlari birinchi navbatda korporasiyalar tomonidan qo‘llanilganligi sababli ta’sir juda muhim edi.

Microsoft ta’kidlashicha, agar faqatgina Microsoft yadroga kirish imkoniga ega bo‘lsa, muammolarning oldini olish mumkin edi.

Biroq, 2000 yillarning boshidan beri Yevropa Komissiyasi keng tarqalgan Windows mualliflarini adolatsiz raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lganlikda ayblab keladi.

Microsoft ning raqobatchilaridan biri Apple Bryussel bilan bunday kelishuvlarga kirmadi va 2020 yilda uchinchi shaxslar uchun aynan xavfsizlik nuqtai nazaridan MacOS yadrosiga kirishni butunlay to‘sib qo‘ydi.

Biroq, Yevropa Komissiyasi Apple kompaniyasiga bosim o‘tkazishda davom etmoqda. Shunday qilib, yaqinda qabul qilingan raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, kompaniya uchinchi tomon brauzerlari va ilovalar do‘konlarini o‘rnatishga ruxsat berishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 19 iyulida Microsoft global uzilishni boshdan kechirdi, bu butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga, jumladan, banklar va aviakompaniyalarga ta’sir ko‘rsatdi. Foydalanuvchilarning Internetdagi uzilishlar haqidagi hisobotlarini kuzatuvchi DownDectector veb-sayti Visa, ADT security i Amazon xizmatlari, shuningdek, American Airlines va Delta kabi aviakompaniyalar bilan bog‘liq muammolar ortib borayotganini qayd etdi

Kiritildi: 22:42 23.07.2024. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!