Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

MIB: Toshkent viloyatida 1 965 nafar aliment to‘lovchi shaxslar ishga joylashtirildi

MIB: Toshkent viloyatida 1 965 nafar aliment to‘lovchi shaxslar ishga joylashtirildi

Joriy yilning 09 fevral kuni majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari , jurnalist va blogerlar, shuningdek jamoatchilik vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i O.Bozorov, Davlatimiz rahbarining 03.01.2024 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tatbiq etilayotgan yangiliklar hamda 2023 yilda boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tomonidan sud va boshqa organlardan kelayotgan hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Xususan, ushbu Farmon bilan 2024 yil 1 maydan boshlab, - sud hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlarining aylanmasi raqamlashtirilayotgani, 1 dekabrdan boshlab “Majburiyatlar reestri” instituti joriy etilayotganligi va boshqa muhim ijro etish sohasidagi yangiliklar haqida tushuntirish berib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan 2023 yilda boshqarma va uning tuman-shahar bo‘limlari tomonidan jami 9,8 trln. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi tamomlanib, shundan 4 trln. 544 mlrd. so‘mlik 525 ming 729 ta ijro hujjatlari amalda undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, soliq qarzini undirish bilan bog‘liq 17 mingta ijro ishlari bo‘yicha 1 trln 353 mlrd so‘m mablag‘ amalda undirilishiga erishilgan.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni undirish bilan bog‘liq 153 ta ijro ishlari bo‘yicha 23,4 mlrd. so‘m amalda undirilishi ta’minlanib, jinoiy va ma’muriy jarima undirish bilan bog‘liq 403 mingta ijro ishlari bo‘yicha 148 mlrd. so‘m undirishga erishildi.

Shu bilan birga, sud qarorlari asosida qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 63 nafardan ortiq shaxslar ishga tiklanib va to‘lanmay qolgan 1,4 mlrd. so‘mlik ish haqlari undirilgan.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 6 ta yo‘nalishdagi ijro hujjatlari bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 50 foizi, ya’ni 119,7 mlrd. so‘m mablag‘lar maxsus daftarlarga yo‘naltirildi.

Olib borilgan tushuntirish va profilaktika tadbirlari natijasida, 6 727 nafardan ortiq oilalar tiklanishiga erishildi.

Ishsiz 1965 nafar aliment to‘lovchilarning ish masalasi hal etildi.

Xususan, 2023 yil davomida sud qarorlariga asosan qarzdor deb topilgan 917 nafar shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qidiruvdagi shaxslarni qidirib topishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 723 nafar shaxslar topilgan.

Tadbirda, OAV vakillari soha mutasaddilaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Kiritildi: 22:42 09.02.2024. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!